logo
Loading

Yangiliklar

Xalqaro hamkorlik

Noyabr 12, 2024 / Ko'rildi 226

Xabar berganimizdek, SamDU Urgut filiali direktori Quvondiq Yarashev boshchiligidagi universitet delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Malayziyaning APU universitetida bo'lib turibdi. 

Kunning ikkinchi yarmida, ilmiy tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini tashkil etish, oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan konferensiya va simpoziumlarda o‘zaro professor-o‘qituvchilar ishtirokini ta’minlash, ilmiy maqola va tadqiqotlarni nashr qilishda hamkorlik qilish, videokonferensiyalar tashkil qilish, kelgusida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi har ikki oliy ta’lim muassasasining rivoji uchun muhim kelishuvlarga erishildi.

Qolaversa, har ikki tomon uchrashuvning ramzi sifatida sovg'alar ulashdi.

 

 

 

 

So'nggi yangiliklar