logo
Loading

Yangiliklar

SamDU Urgut filialiga Rossiya Federatsiyasining G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti delegatsiya tashrif buyurdi...

Aprel 23, 2024 / Ko'rildi 170

2024-yilning 23-aprel kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Urgut filialiga Rossiya Federatsiyasining “G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti”dan Iqtisod fanlari doktori, Xizmat ko‘rsatish va turizm kafedrasi professori – Kuznetsov Igor Anatoliyovich, Pedagogika fanlari doktori, professor, ijtimoiy ish kafedrasi mudiri-Kurilovich Nadejda Vasilievna, Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, Iqtisodiyotni strategik rivojlantirish kafedrasi mudiri – Sisoyeva Margarita Sergeyevna, Iqtisodiyotni strategik rivojlantirish kafedrasi dotsenti Sutyagin Vladislav Yuryevich hamda Filologiya fanlari doktori, rus tili kafedrasi professori Sherbak Antonina Semyonovnadan iborat besh kishilik delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi. Tashrif avvalida mehmonlar hamda filial direktori boshchiligidagi mas’ullar ishtirokida o‘zaro hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan suhbat uyushtirildi hamda ikki tomon o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandum imzolandi.

 

 

 

 

Xabar berganimizdek, filialga tashrif buyurgan xorijiy delegatsiya a’zolari filial kafedralariga tashrif buyurib, kafedralar faoliyati bilan tanishishdi hamda ikki oliy ta’lim muassasalari kafedralari o‘rtasida yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, qisqa va uzoq muddatli stajirovka, o‘zaro almashinuv dasturlari asosida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda boshqa maslalaarda kelishib olishdi.

 

 

 

 

 

Delegatsiya a’zolari Tambov davlat universiteti, unda mavjud shart-sharoitlar, mavjud ta’lim dasturlari, yo‘nalishlar to‘g‘risida filial professor-o‘qituvchilari hamda yosh tadqiqotchilariga taqdimot ko‘rinishida tanishtirib o‘tdi.

 

 

 

So'nggi yangiliklar