logo
Loading

Respublika miqiyosida o'tkaziladigan ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar

📣📣Springer Nature Awards-2024 forumi

Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Jahon bankining “MUNIS” loyihasi doirasida ilm-fan va ilmiy faoliyatni yanada rivojlantirish, xalqaro maʼlumotlar bazasidan foydalanuvchilar safini kengaytirish, uning imkoniyatlari  boʻyicha maʼlumotlar bilan tanishtirish maqsadida “Springer Nature Awards-2024” forum tashkil etilmoqda. Shuningdek olimlar va tadqiqotchilar uchun “Maqola va monografiyalarni talab darajasiga muvofiq tayyorlash va “Springer Nature” jurnalida chop etish” mavzusida seminar-trening oʻtkazish rejalashtirilgan. Forumda Springer Nature kompaniyasining rasmiy vakillari ishtirok etishadi. 

📆 21-may 
⏰ 10:00 
🌎 Format: offlayn va onlayn
📍 Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani Universitet koʻchasi 7-uy, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosi, 510-majlislar zali.

‼️Forumda ishtirok etish uchun quyida keltirilgan havola orqali roʻyxatdan oʻtishingizni soʻrab qolamiz: https://forms.gle/zoKH5gey9rmgZdxX7 

___________________________________________________________________________________________________

AXBOROT XATI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA  INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Guliston  davlat pedagogika instituti  «Aniq va tabiiy fanlar»  kafedrasida 2024 yil  7-8-iyun  kunlari «Raqamlashtirish  sharoitida  uzliksiz  ta’limni  sifat  va  samaradorligini  oshirish:  muammo  va yechimlari» mavzusida Respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘balar ish olib borishi rejalashtirilgan:
1-sho‘ba. Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishning holati va uni rivojlantirish muammolari;
2-sho‘ba. Ta’lim sohasini raqamlashtirishga oid zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalar;
3-sho‘ba. Uzliksiz ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanishning zamonaviy muammolari;
4-sho‘ba. Ta’limni boshqarishda raqamli texnologiyalar imkoniyatlari va istiqbollari.

Guliston davlat pedagogika instituti «Aniq va tabiiy fanlar» kafedrasida 2024 yil 7-8-iyun kunlari «Raqamlashtirish sharoitida uzliksiz ta’limni sifat va samaradorligini oshirish: muammo va yechimlari» mavzusida Respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

😄Anjumanga materiallarni qabul qilish muddati 2024-yil 25-mayga qadar.

So'nggi yangiliklar