logo
Loading

Yangiliklar

Davra suhbati

Fevral 18, 2025 / Ko'rildi 58

         SamDU Urgut filiali direktori, Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Samarqand viloyati kengashi deputati Quvondiq Yarashev hamda pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri dotsent Komiljon Norboevlar ishtirokida Urgut tumani ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.

 

 

         Mazkur davra suhbatida, “Bugungi kunda davrning o‘zi Vatan ravnaqi va taraqqiyoti uchun asosiy tayanch bo‘lgan yoshlar jamiyatning muhim qatlami ekanligini ko‘rsatib turibdi. Yuqori salohiyatli, ziyoli va bilimli yoshlar har jabhada biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘lib xizmat qiladi. Qolaversa, zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini egallab, o‘z amaliy ishlaringiz, g‘ayrat-shijoatingiz, yetuk salohiyatingiz bilan Vatanimizga munosib, sadoqatli farzandlar bo‘lasiz.”—dedi filial direktori Quvondiq Yarashev.

 

 

 

         Davra suhbati so‘ngida, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

So'nggi yangiliklar