logo
Loading

Yangiliklar

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi

Fevral 13, 2025 / Ko'rildi 295

   SamDU Urgut filialida buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

 

    Mazkur tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari Zikirillo Yazdonov kirish so'zi bilan ochib, “Zahiriddin Muhammad Bobur – buyuk sarkarda, davlat arbobi va mashhur shoir sifatida o‘zining bebaho merosi bilan jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan siymolardan biridir. Bobur nafaqat mohir sarkarda, balki iste’dodli shoir va yozuvchi ham edi. Uning eng mashhur asari "Boburnoma" bo‘lib, bu tarixiy va adabiy asar o‘zining betakror uslubi, aniq tasvirlari va ishonchli dalillari bilan ajralib turadi. "Boburnoma"da u o‘zining boshidan kechirgan voqealar, hukmronlik davridagi siyosiy va ijtimoiy holatlar haqida batafsil ma’lumot beradi. Shuningdek, Bobur g‘azallar, ruboiylar va boshqa she’riy janrlarda ham ijod qilgan. Uning adabiy ijodi Sharq she’riyatining yuksak namunalari qatoridan o‘rin olgan bo‘lib, g‘azallarida muhabbat, vatanparvarlik va hayotning o‘tkinchiligi kabi mavzular yoritilgan. Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi o‘zbek xalqi uchun ulkan g‘urur va faxr manbai bo‘lib, uning tavalludining 542 yilligini nishonlash, buyuk ajdodimizga bo‘lgan hurmatimizning ifodasi hisoblanadi.”—dedi direktor o‘rinbosari Zikirillo Yazdonov.

 

 

   Tadbir davomida buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azal va ruboiylari yod aytilib, Bobur siymosi aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari va shoir g‘azallari asosida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar talaba-yoshlarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. 

 

 

So'nggi yangiliklar