Yangiliklar

"Konstitutsiya-islohotlar poydevori"

Aprel 20, 2023 / Ko'rildi 1080

SamDU Urgut filialida "Konstitutsiya-islohotlar poydevori" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi

     Tadbirni SamDU Urgut filiali direktori Yarashev Quvondiq Safarovich kirish so'zi bilan ochib,

 yangilanayotgan Konstitutsiyada ota-onalarning o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar nafaqat boqish va tarbiyalash, balki ularning ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi uchun ham g‘amxo‘rlik qilishi belgilanganligi, davlatning o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish majburiyati kuchaytirilganligi, fuqarolarning oliy ta’lim muassasalarida davlat granti hisobidan o‘qish imkoniyati belgilab qo‘yilgani, qolaversa, fuqarolarning bepul boshlang‘ich kasb-hunarga o‘qitilishi ham belgilanganiga haqida atroflicha ma'lumot berdi.

 Tadbirda so'z olganlar yangilanayotgan Konstitutsiya haqida, Referendum haqida talaba-yoshlarga atroflicha ma'lumot berdilar. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar

So'nggi yangiliklar