Xalqaro hamkorlik
Noyabr 11, 2024 / Ko'rildi 243
Ayni kunlarda, SamDU Urgut filiali direktori Quvondiq Yarashev boshchiligidagi universitet delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Malayziyada bo'lib turibdi.
11-noyabr kuni delegatsiya aʼzolari Malayziyaning Osiyo-Tinch okeani universiteti (Asia Pacific University, APU) ga tashrif buyurishdi.
Tashrif avvalida, har ikki tomon o‘zlarining tanishtiruv taqdimoti bilan ishtirok etishdi hamda Osiyo-Tinch okeani universiteti rahbarityati SamDU Urgut filiali haqida iliq fikrlarini bildirib, ushbu hamkorlikning ikki oliy taʼlim muassasalari uchun ham birdek manfaatli bo'lishini taʼkidladi.