Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun
Yanvar 06, 2024 / Ko'rildi 886
⚡️Bugun SamDU Urgut filialida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi...
Tadbirda filial direktori Quvondiq Yarashev, yoshlar masalalari va ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha
direktorning birinchi o'rinbosari Zikrillo Yazdonov,
direktor maslahatchisi Sanjar Eshonqulov, Urgut tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i
Akbar Almasov, O'rta Vag'ashti mahallasi raisi, mahalla faollari, profilaktika inspektorlar,
filiali professor-o'qituvchilari, va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbirda so'z olganlar tomonidan bugungi kunda Yangi О‘zbekistonni bunyod etish yо‘lida amalga
oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlar haqida hayotiy misollar va dalillar orqali sodda,
tushunarli shaklda yig'ilganlarga atroflicha ma'lumotlar berildi.
SamDU Urgut filiali
Axborot xizmati