“Biz yoshlar giyohvandlikka va terrorizmga qarshimiz” mavzusi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Февраль 11, 2025 / Просмотр 108
Mazkur davra suhbatida, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari Zikirillo Yazdonov, direktor maslahatchisi Sanjar Eshonqulov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi Gullola Najmiyeva hamda Urgut tuman IIB Terrorizmga qarshi kurashish bo'limi tezkor hodimi Eldor Yo‘ldoshevlar ishtirok etib, bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab giyohvandlik va terrorizm kabi illatlar insoniyatning tinchligi va farovonligiga jiddiy xavf solib kelmoqdaligi, ushbu illatlar ayniqsa yoshlar orasida tarqalib, ularning hayotini izdan chiqarishi, jamiyat taraqqiyotiga zarar yetkazishi, bunday xavf-xatarlarga qarshi kurashishimiz, sog‘lom hayot tarzi va tinchlikni himoya qilish yo‘lida faol bo‘lishimiz lozimligi qolaversa, giyohvandlik va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga, inson salomatligiga va xavfsizligiga tahdid soluvchi jiddiy illatligi, unga qarshi kurashish har bir fuqaroning, ayniqsa, yoshlarning muhim vazifasi ekanligi hamda talaba-yoshlarga bilim olish, mehnat qilish, tinchlik va do‘stlikni targ‘ib etish orqali ushbu xavf-xatarlarga qarshi tura olashi haqida tushunchalar berildi