Davra suhbati
Февраль 03, 2025 / Просмотр 52
SamDU Urgut filiali direktori Quvondiq Yarashev, O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Shavkat Berdiyev hamda kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirokida Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-oktyabrda fuqorolar murojaatlari masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilish berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda yoshlarning oliy ta'lim muassasalarida o‘qishga bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlarini inobatga olib, tumandagi ijtimoiy-himoyaga muhtoj oila farzandlarini o‘qishga kirishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek kasbga yo‘naltirish, filial yo‘nalishlari haqida tushunchalar berish maqsadida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur davra suhbatida, “Jamiyat taraqqiyoti va kelajagi yosh avlodning bilim va ma’rifatga bo‘lgan qiziqishiga bog‘liq. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish muhim masalalardan biridir. Chunki bu kabi oilalarning farzandlari ba’zan moddiy yetishmovchilik, ijtimoiy muhit yoki boshqa sabablar tufayli o‘z bilimlarini rivojlantirishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Biz yoshlarimizni ilm olish uchun qulay shart-sharoit yaratish, ularning intilishlarini rag‘batlantirish orqali kelajak avlodni ma’rifatli, bilimdon va yetuk insonlar qilib tarbiyalaymiz. Shu sababli, ota-onalar, o‘qituvchilar, jamiyat va davlat birgalikda harakat qilib, ta’lim olish uchun yetarlicha imkoniyat yaratib beramiz”—dedi filial direktori Quvondiq Yarashev.