logo
Loading

НОВОСТИ

Jaholatga_qarshi_ma’rifat

Февраль 04, 2025 / Просмотр 26

        SamDU Urgut filialida “Odob-axloq qoidalari”, “Ijtimoiy tarmoqlarda radikalizm va ekstremizm g‘oyalari targ‘ibotidan ehtiyot bo‘ling!” hamda “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzularida profilaktik tadbir bo'lib o'tdi.

        Ushbu tadbirda, direktor maslahatchisi Sanjar Eshonqulov, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i Narzullo Jo'rayev hamda pedagogika va jimoniy madaniyat kafedrasi o'qituvchisi Salohiddin Usmonovlar ishtirok etib, birinchi navbatda talaba-yoshlarga odob-axloq kodeksi qolaversa, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar odamlar orasidagi muloqot vositasi sifatida keng qo‘llanilmoqda. Biroq, ba’zi guruhlar bu imkoniyatdan yomon maqsadlarda foydalanib, radikal va ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilishga urinmoqda. Bunday g‘oyalarning asosiy maqsadi yoshlarni adashtirish, ularning ongi va qalbiga zarar yetkazish, diniy va milliy tafovutlarni keltirib chiqarishi hamda radikalizm va ekstremizmga qarshi kurashning eng samarali usullaridan biri bu – ongli ravishda axborotni tahlil qilish, ishonchsiz manbalardan olingan ma’lumotlarga ishonmaslik, shubhali sahifalar va guruhlarga a’zo bo‘lmaslik, ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxslar tomonidan tarqatilayotgan axborotlarni sinchiklab tekshirish, rasmiy manbalarga tayanish va xavfli g‘oyalarni targ‘ib qilayotgan sahifalarni mutasaddi organlarga xabar qilishi haqida tushunchalar berildi.

Последние новости