logo
Loading

НОВОСТИ

Konsert dasturi

Февраль 10, 2025 / Просмотр 119

SamDU Urgut filialida Samarqand viloyati maqom ansambli tomonidan "Milliy musiqa cholg'ulari" taronalari nomli maxsus konsert dasturi tashkil etildi.

        Mazkur konsert dasturini filial direktori kirish soʻzi bilan ochib, “Oʻzbek milliy musiqa cholgʻulari – xalqimizning boy madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lib, qadimiy tarixga ega. Ushbu cholg‘ular asrlar davomida shakllanib, takomillashgan va hozirgacha xalq musiqa anʼanalari hamda professional ijrochilik sanʼatida keng qo‘llanib kelinmoqda. Milliy cholg‘ular xalq kuy-qo‘shiqlari, maqomlar, folklor ansambllari va zamonaviy sanʼatda keng ishlatiladi. Ular o‘zbek xalqining ruhiy olamini aks ettirib, milliy musiqiy anʼanalarini asrab-avaylash va rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, milliy cholg‘ular xalqaro musiqiy maydonlarda O‘zbekistonnning madaniy merosini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda milliy cholg‘ular ijrochiligi nafaqat anʼanaviy uslubda, balki zamonaviy musiqiy yo‘nalishlarda ham muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Bu esa milliy cholg‘ularning rivojlanishi va yangi avlod sanʼatkorlari tomonidan davom ettirilishini taʼminlaydi."—dedi filial direktori Quvondiq Yarashev.

Последние новости