Navoiy xotirasi yodga olindi
Февраль 10, 2025 / Просмотр 116
SamDU Urgut filialida Urgut tuman hokimi Botir Jabborov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan xalq ta'lim a'lochisi G'aybiddin Fazliyev, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktorning birinchi o'rinbosari Zikirillo Yazdonov hamda tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti Akbar Asrorovlar ishtirokida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi...
Mazkur tadbirni Urgut tuman hokimi Botir Jabborov kirish so'zi bilan ochib, Alisher Navoiyni yurt obodligi, xalq farovonligi, ma’naviyat va madaniyat rivojiga qo'shgan beqiyos hissasi haqida so'z yuritdi.
Tadbir davomida buyuk shoirning g'azal va ruboiylari yod aytilib, Navoiy siymosi aks ettirilgan sahna ko'rinishlari va shoir g'azallari asosida ijro etilgan kuy-qo'shiqlar talaba-yoshlarga ko'tarinki ruh bag'ishladi.