“Talabalar ligasi” doirasida talabalar o‘rtasida sportning "Basketbol" turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
Январь 29, 2025 / Просмотр 196
SamDU Urgut filiali pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Po‘lat Qahhorov hamda fakultet tyutori Shaxboz Boyqobilovlar ishtirokida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy sport o‘yinlari va sport turlarini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini ommalashtirish maqsadida “Talabalar ligasi” doirasida talabalar o‘rtasida sportning "Basketbol" turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
🗣Musobaqada, 1-son Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar ishtirok etib, o‘zaro qizg‘in bahs olib bordilar. Talabalar o‘z mahoratlarini namoyish etib, jamoaviy hamkorlik, tezkorlik va aniqlik kabi fazilatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bellashuv qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tkazildi.
⏺Bu kabi sport musobaqalari yoshlarni jismonan chiniqtirish bilan birga, ularning do‘stlik va jamoaviy birdamlik ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi.