“Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” hamda “Korrupsiyaga birgalikda yo‘q deymiz” mavzularida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Fevral 06, 2025 / Ko'rildi 35
SamDU Urgut filiali Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi o'rinbosari Zikirillo Yazdonov, direktor maslahatchisi Sanjar Eshonqulov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Furqat Umirov hamda pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Po‘lat Qahhorovlar ishtirokida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” hamda “Korrupsiyaga birgalikda yo‘q deymiz” mavzularida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur davra suhbatida, “Bugungi kunda giyohvandlik jamiyatimizning eng katta muammolaridan biri bo‘lib, yosh avlodning kelajagiga tahdid solmoqda. Giyohvand moddalar inson sog‘lig‘iga, ruhiy holatiga va jamiyat taraqqiyotiga katta zarar yetkazadi. Shuning uchun biz, yoshlar, bu illatga qarshi kurashishimiz va uning oldini olishda faol ishtirok etishimiz zarur. Biz giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashishimiz har birimiz bu illatning oldini olishda o‘z hissamizni qo‘shishimiz, sog‘lom hayot tarafdori bo‘lishimiz hamda o‘z ustimizda ishlashni, bilim olishni va jamiyatga foydali inson bo‘lishni maqsad qilishimiz zarur.”— dedi direktor o‘rinbosari Zikirillo Yazdonov.
Shuningdek, “Korrupsiya – jamiyat rivojiga jiddiy tahdid soluvchi illatlardan biri bo‘lib, u iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga, adolat va tenglik tamoyillarining buzilishiga, aholining davlat va huquqiy institutlarga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishiga sabab bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurash – bu faqatgina davlat organlarining emas, balki butun jamiyatning vazifasidir. Har bir fuqaro korrupsiyaga qarshi kurashda o‘z hissasini qo‘shishi lozim. Korrupsiyasiz jamiyat – bu taraqqiyot sari yo‘l ochuvchi asosiy omillardan biri, birgalikda halollik, adolat va shaffoflik tamoyillariga amal qilgan holda, korrupsiyaga qarshi kurashishimiz zarur.”— dedi “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Furqat Umirov.