Hisobotlar tinglandi
Yanvar 20, 2024 / Ko'rildi 909
SamDU Urgut filiali fakultetlaridagi ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarga mas’ullarning faoliyatini
baholash maqsadida dekan oʻrinbosarlari hamda fakultetlar tyutorlarining hisoboti tinglandi...
Hisobotda dekan oʻrinbosarlarining ish faoliyati samaradorligini (KPI) baholash hamda tyutorlarning 2023-2024 oʻquv yilining
sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylaridagi ish faoliyatini samarali tashkil etishdagi muammolar, ularni bartaraf etish
choralari hamda faoliyatni takomillashtirishga doir hisobotilari tinglandi.
Shuningdek, tyutorlar tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, talabalar ijara xonadonlari, tarbiyaviy, oʻquv-uslubiy,
fan-innovatsiya, 5 muhim tashabbus, individual ta’lim va tarbiya sohalaridagi faoliyati oʻrganildi.
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi o'rinbosari Zikrillo Yazdonov,
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dilmurod Mardonov hamda
Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan
direktor maslahatchisi Sanjar Eshonqulovlar tomonidan taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.
SamDU Urgut filiali
Axborot xizmati