SamDU Urgut filialida Yangi yil bayrami munosabati bilan kengaytirilgan yig‘ilish bo'lib o‘tdi.
Dekabr 28, 2024 / Ko'rildi 194
SamDU Urgut filiali direktori Quvondiq Yarashev, direktor o'rinbosarlari hamda ishchi-xodimlari ishtirokida Yangi yil bayrami munosabati bilan kengaytirilgan yig‘ilish bo'lib o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida filial direktori Quvondiq Yarashev yig‘ilish ishtirokchilarini yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etdi hamda yakunlanib borayotgan 2024-yil mamalakatimiz taraqqiyoti uchun muhim о‘zgarishlar, ulkan yutuqlarga boy yil sifatida tarix zarvaraqlaridan joy olayotgani, shu barobarda, ushbu о‘zgarishlar va yangilanishlarga monand tarzda filial jamoasi ham bir qancha muvaffaqiyatlarga erishganini qayd etib о‘tdi.