logo
Loading

Yangiliklar

Kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi

Yanvar 07, 2025 / Ko'rildi 187

SamDU Urgut filialida direktori Quvondiq Yarashev, direktor o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlari ishtirokida ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish bо‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

Yig‘ilishda, filial direktori Quvondiq Yarashev so‘z olib, 2025-yilda filial faoliyatini yanada takomillashtirishga har bir xodim bir jamoa bo‘lib, fidoiylik bilan maqsad sari harakat qilishi lozimligini ta’kidladi. Qolaversa, yakuniy nazorat imtihonlari ochiq, adolatli va shaffof o‘tkazilishi haqida muhim topshiriqlar berildi.

 

 

 

 

Shuningdek direktor maslahatchi Sanjar Eshonqulov so‘zga chiqib, talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik holatlarini oldini olish, filialda kiyinish madaniyati va bugungi axborot asrida talabalarning turli diniy oqimlardan asrash kabi dolzarb masalalarda xususida fikr bildirib o‘tdi.

 

 

 

 

 

 

Yig‘ilish davomida, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Shavkat Berdiyev tomonidan kredit modul ta'lim tizimi haqida batafsil tushunchalar berib o‘tildi.

So'nggi yangiliklar