logo
Loading

Yangiliklar

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Yanvar 13, 2025 / Ko'rildi 97

SamDU Urgut filiali direktori Quvondiq Yarashev, Urgut tumani mudofaa bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Hakimbek Mamarasulov, filial professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

 

 

 

 

Tadbir avvalida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi.

Shundan so'ng tadbirni filial direktori Quvondiq Yarashev kirish so'zi bilan ochib, ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelganligi, yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb bilishlari, ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini ta'kidlab, tadbir qatnashchilarini bayram bilan samimiy tabrikladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Shuningdek, talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlarga navbat berilib, talabalar ijro etgan kuy-qo'shiqlar tadbirga o‘zgacha shukuh baxsh etdi hamda "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zolari tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlar tadbir qatnashchilariga ko'taringki ruh bag'ishladi.

So'nggi yangiliklar