SamDU Urgut filiali direktori Quvondiq Yarashev filialda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik xodimlari bilan uchrashdi
Dekabr 16, 2024 / Ko'rildi 156
SamDU Urgut filiali direktori Quvondiq Yarashev filialda faoliyat yuritayotgan xo’jalik xodimlari bilan uchrashib, ularni yangi yil bayrami bilan samimiy qutladi.
Tabrik so‘zida filial direktori Quvondiq Yarashev tozalik va ozodalik bor joyda baraka va fayz bo‘lishini, bu talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarning ham kayfiyati yaxshi bo’lishiga xizmat qilishini, o‘z navbatida, a’lo kayfiyat ish va o’qishga bo’lgan rag‘batni oshirishini e’tirof etib, filial erishayotgan har bir yutuqda, albatta, xo‘jalik xodimlarining ham hissasi bor ekanligini ta’kidladi.
Yangi yil bayramini barcha oila davrasida quvonch bilan kutib olib, kelgusi yilda yanada kuch-g‘ayratga to‘lgan holda faoliyat olib borishlarini, kirib kelayotgan 2025-yil barcha uchun omadli bo‘lishini tiladi.
Shuningdek, filial direktori Quvondiq Yarashev hamda filial BKUQ tomonidan ishchi-xodimlarga bayram sovg‘alar taqdim etildi.