TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!
Dekabr 18, 2024 / Ko'rildi 114
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Urgut filialiga xususiy tashabbuskor “QURILISH MATERIALLARI KOMBINATI” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Urgut filiali (0,3 gektar) hududida 400 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli; |
Loyiha konsepsiyasi; |
Loyiha to‘g‘risida ma’lumot. |
Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar loyiha e’longa qo‘yilgan kundan boshlab 45 kun ichida “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Urgut filiali |
Elektron pochta manzili: samduuf@edu.uz |
Telefon raqami: +998(91) 556-31-39 |
Manzil: 141602, Samarqand viloyati Urgut tumani Vag‘ashti MFY 13-uy. |