Xalqaro hamkorlik
Fevral 14, 2025 / Ko'rildi 95
SamDU Urgut filialiga Malayziyaning Osiyo Tinch-Okeani texnologiyalar va innovatsiyalar universititi (Asia Pacific University of Technology and Innovation, APU) dan sifat bo‘yicha direktori Nur Zahdi Aldin, Xalqaro aloqalar bo‘limi, MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy vakili Aziza Alimovalar tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o'rtasidagi kelajakdagi istiqbolli rejalar, talaba almashinuv dasturini amalga oshirish va boshqa masalalar xususida kelishib olindi. Shuningdek, Nur Zahdi Aldin va Aziza Alimovalar ishtirokida filial professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun seminar-trening o‘tkazilib, APUdagi ta'lim jarayonlari, xorijiy talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim dasturlari va xalqaro maydonda qo‘lga kiritilgan yutuqlari haqida batafsil ma'lumot berildi