logo
Loading

NEWS

Direktor va yoshlar uchrashuvi

June 17, 2023 / Seen 1141

Yoshlar bilan ishlash natijadorligini oshirish hamda yanada takomillashtirish maqsadida “Yoshlar balansi” asosida Samarqand davlat universiteti Urgut filiali direktori  Quvondiq Yarashevga Urgut tumanida joylashgan “Yuqori Beshkapa” va “Sanchiqul” mahallalarida istiqomat qiluvchi 75 nafar vaqtincha ishsiz va nogironligi bo‘lgan yoshlar biriktirilgan. Yoshlar bilan direktor uchrashib, bildirilgan muammolarini ijobiy hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tuzilib, tegishli mas’ullar belgilangan edi. 

Joriy yilning 16-iyun kuni SamDU Urgut filiali direktori Quvondiq Yarashevning  vaqtincha ishsiz va nogironligi bo‘lgan yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi. Mavjud reja asosida shu kunga qadar qanday ishlar amalga oshirildi va yana qanday ishlarni amalga oshirish mumkinligi sarhisob qilinib, direktor tomonidan belgilangan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Reja asosida tizimli ishlar amalga oshirish davom etadi...

SamDU Urgut filiali

Axborot xizmati

 

Latest news