Ijara xonadonlar o'rganilmoqda
September 09, 2023 / Seen 902
SamDU Urgut filiali xotin-qizlar maslahati Kengashi raisi, proflaktika inspektori va tyutorlar bilan hamkorlikda ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talaba-qizlarning yashash sharoitlari o'rganildi.
Ijara xonadonlarda talaba-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlarni o'rganish jarayonida ularning muammo va kamchiliklariga alohida e'tibor qaratilib, xonadonlarda dars tayyorlash va kiyim-kechak uchun jihozlar, muzlatkich kabi kerakli jihozlar mavjudligiga alohida e'tibor qaratilib, kamchilik bo'lgan xonadon egalari ogohlantirildi. Shuningdek, odob-axloq qoidalari, gigiyena va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish haqida tavsiyalar berildi.
Ijara xonadonlariga tashrif davom etmoqda!