Mahalla yoshlari bilan tizimli ishlar omalga oshirilmoqda...
June 19, 2023 / Seen 1112
Yoshlar bilan ishlash natijadorligini oshirish hamda yanada takomillashtirish maqsadida “Yoshlar balansi” asosida Samarqand davlat universiteti Urgut filiali direktori Quvondiq Yarashevga Urgut tumanida joylashgan “Yuqori Beshkapa” va “Sanchiqul” mahallalarida istiqomat qiluvchi vaqtincha ishsiz va nogironligi bo‘lgan yoshlar biriktirilgan.
Mazkur yoshlar bilan direktor va belgilangan mas'ullar uchrashib, ular tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalari inobatga olinib, ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o'z-o'zini band qilishlari uchun ko'mak berib kelinmoqda.
Reja asosida tizimli ishlar amalga oshirish davom etadi...
SamDU Urgut filiali
Axborot xizmati