O‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan ijtimoiy toifadagi talabalarga qo‘shimcha grant ajratiladi
Aprel 04, 2025 / Ko'rildi 88
Hukumat qaroriga ko‘ra, davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirib, muayyan o‘quv yili bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 4 va undan yuqori bo‘lgan, ijtimoiy toifadagi talabalarga navbatdagi o‘quv yili uchun qo‘shimcha davlat granti taqdim etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari har yili 25-iyulga qadar:
— Akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash bo‘yicha komissiya tomonidan GPA ko‘rsatkichi 4 va undan yuqori ekanligi;
— Ijtimoiy faollikni aniqlash bo‘yicha komissiya tomonidan haqiqatda talabgorning belgilangan toifadagi talaba ekanligi ko‘rib chiqilib, baholanadi.
Qo‘shimcha davlat granti taqdim etilgan talabalar har yili 5-sentyabrga qadar oliy ta’lim tashkiloti tomonidan xabardor qilinadi.
Bunday qo‘shimcha davlat granti beriladigan toifalar ro‘yxati Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash nizomi...
Grant va to'liq bo'lmagan grant SamDU Urgut filiali