Tadbir
Dekabr 01, 2023 / Ko'rildi 1233
⚡️SamDU Urgut filialida 1-dekabr—Butunjahon orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) kasalligiga qarshi kurash kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi...
Tadbirni o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Shavkat Berdiyev kirish so'zi bilan ochib, mazkur kasallikning insoniyatga naqadar tahdid solayatgani, bugungi kunda mamlakatinizda ushbu kasallikni erta aniqlash va oldini olish borasida olib borilayotgan sa'y-harakatlar haqida yig'in ishtirokchilariga ma'lumot berib, tadbirga taklif etilgan mutaxassis, Urgut tuman ko'p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasi virachi, infeksionist Akrom Haydarovga so'z berdi. Tadbir qatnashchilariga mutaxassis tomonidan kasallikni yuqumlilik darajasi, yuqish yo'llari va mazkur kasallikdan saqlanish uchun e'tibor berilishi kerak bo'lgan jihatlar haqida tushunchalar berildi.
SamDU Urgut filiali
Axborot xizmati