Yangiliklar

SamDU Urgut filialida filial kasaba uyushmasi hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Aprel 12, 2025 / Ko'rildi 121

     SamDU Urgut filialida O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Shavkat Berdiyev hamda filial kasaba uyushmasining raisi Abdumannon Ashurov ishtirokida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Hisobot yig‘ilishida filial kasaba uyushmasi raisi Abdumannon Ashurov so‘zga chiqib, kasaba uyushmalarida olib borilayotgan islohotlar, erishilgan yutuqlar hamda kelgusida kasaba uyushmalari oldida turgan dolzarb vazifalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

 

Yig‘ilishda bildirilgan fikr-mulohazalar va tavsiyalar asosida kasaba uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

So'nggi yangiliklar