Yangiliklar

SamDU Urgut filialida “Ijodiy faoliyat” mavzusida koʻrgazma tashkil etildi

Aprel 15, 2025 / Ko'rildi 116

  SamDU Urgut filiali maktabgacha va boshlang‘ish ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan “Ijodiy faoliyat” mavzusida koʻrgazma tashkil etildi.

   Mazkur ko‘rgazmada filial direktori, professor Quvondiq Yarashev, O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Shavkat Berdiyev hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi Gullola Najmiyevalar ishtirok etib, har bir ijodiy ish muallifning dunyoqarashi, ruhiy holati va mahoratini ifodalaydi. Qolaversa, har bir ish o‘ziga xos g‘oya, uslub va kayfiyat bilan ajralib turaganligi ta’kidlab o‘tildi.

 

 

 

 

 

 

So'nggi yangiliklar