logo
Loading

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sektori

Ashrapov Abbosjon Axmad o‘g‘li

  • Qabul vaqti: Har kuni 9:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +998933361147
  • Elektron pochta: a-ashrapov@samdu.uz

Mehnat faoliyati

2009-2013 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi

2013-2015 yy. - Samarqand davlat universiteti magistranti

2015-2023 yy. - Samarqand davlat universiteti, Zoologiya kafedrasi assistenti

2023-2023 yy. - Samarqand davlat universiteti, Biokimyo instituti Zoologiya kafedrasi assistenti, falsafa doktori (PhD)

2024 - h.v.  Sharof  Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sektori boshlig‘i

Lavozim vazifalari

  • O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi faoliyatiga tegishli TDAU SF buyruqlari bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchilarga yetkazib borish;
  • Professor-o‘qituvchilar va tadqiqoqtchilarning ilmiy salohiyatlarini oshirib borish bo‘yicha muntazam tarvig‘ot ishlarini olib borish;
  • Innovatsion ishlanmalarni joriy qilishni nazorat qilish;
  • Xo‘jalik shartnomalari asosida bajarilayotgan ishlar manitoringini olib borish;
  • Professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning xalqaro miqyosdagi ishlarini, ularning h-indeksi va iqtibosliklarini oshirib borish manitoringini olib borish;
  • Filialda fundamental, amaliy, innovatsion va startup loyihalari tanlovlariga professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni ishtirok etishi va ularni bajarilishi manitoringini olib borish;     
  • Sektorning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchilarga joy ajratish haqida loyiha tayyorlash va vazirlikka yuborish;
  • kafedra va bo‘linmalari, ilmiy tadqiqot institutlari, markazlarining tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etadi.
  • Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi innovatsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash va ular faoliyatini muvofiqlashtirish, professor-o‘qituvchilar va xodimlarni davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalar tanlovlarida qatnashishini ta’minlash, ilmiy loyihalar bajarilishi ta’minlaydi.

Bo'lim faoliyati haqida

  • Oʻzbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, direktor buyruqlari ijrosini ta’minlanmoqda;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini fakultetlar, kafedralar va bo‘limlarga yetkazib borilmoqda;
  • Filial professor- oʻqituvchilari tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida monografiyalar, darsliklar, oʻquv, ilmiy-uslubiy qoʻllanmalar va boshqa adabiyotlarni zamon talablari darajasida yaratish samaradorligini oshirish ishlarini tashkil qilingan;
  • Ilmiy tadqiqot bilan shugʻullanuvchi tadqiqotchilarning shaxsiy yigʻma jildlari tayyorlangan va rasmiylashtirilgan;
  • Ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullanayotganlarning raxbarlaridan soatbay asosida ishlash haqidagi arizalarni olish, roʻyxatga olish, reja va moliya boʻlimiga topshirish.
  • Ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullanayotganlarning yarim yillik va yillik attestasiyalarini oʻtkazilishini tashkil qilish;
  • Filialda ilmiy konferensiya-anjuman tashkillashtirildi, tadqiqot loyihalari tashkillashtirilishi, davriy nashrlarda filial tadqiqotchilarining ilmiy chiqishlari monitoringini olib borilmoqda;

 

So'nggi yangiliklar