logo
Loading

Yangiliklar

Uslubiy qo'llanma

Iyul 03, 2023 / Ko'rildi 1052

      SamDU Urgut filiali gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti Akbar Asrorov va assistenti Safiya Yakubovalarning  “Adabiyotshunoslikka kirish” nomli  uslubiy qo'llanmasi nashr etildi.

      Ushbu uslubiy qo‘llanmada "Adabiyotshunoslik" fani va uning dolzarb muammolari:

-adabiyotshunoslik nazariyasini tarixiy va zamonaviy adabiy-estetik hodisa sifatida o‘rganish;

-badiiy asarlarni ilmiy-estetik tahlil qilish;

-adabiyot tarixi va zamonaviy adabiyot namunalarini qiyoslash;

-o‘zbek adabiyoti va Sharq mumtoz adabiyoti munosabatini belgilash;

– o‘zbek adabiyoti va jahon adabiyotini qiyosiy tahlillash;

– yangi o‘zbek adabiyotiga xos poetik komponentlar masalasini tahlil etish;

– milliy adabiyot namunalarini yangi nazariy xulosalar, tahlil tamoyillari asosida tadqiq etishdan iboratligi sir emas.

Ushbu uslubiy qo‘llanmada badiiy asarni tahlil qilish uchun yetarli tavsiyalar berilgan. Shu bilan birga kitobxon va badiiy asar o‘rtasidagi uzviy aloqadorlik masalalari tahlil va talqin qilingan. Mavjud topshiriqlar talabalarning kreativ tafakkurini oshirishga va mustaqil izlanishiga qaratilgan.

So'nggi yangiliklar